Lazareva 65 million dollar evaziga ozodlikka chiqarildi
Olam
−
07 may 2019
8127Quvayt sudi rossiyalik tadbirkor Mariya Lazarevani 20 million dinor (65 million dollar) evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda Moskva Savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Sidorov ma’lum qildi.
Lazareva 2018 yilda Quvayt portidagi talon-tarojliklari uchun 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Tadbirkorning advokatlari appelyatsiya topshirgan va hozirda sud birinchi instansiya sudining qarorini bekor qilgan.
KGLI kompaniyasi boshqaruv direktori Mariya Lazareva 2017 yilning noyabrida hibsga olingan edi. Shuningdek, uning hamkori Said Dashtiy ham noma’lum kishi tomonidan to‘langan garov puli evaziga vaqtincha ozodlikka chiqarilgan. Ularning ikkalasi ham talon-tarojlikda ayblangan edi.
Moskva Savdo-sanoat palatasi qonun buzilishlari holati yuzasidan Quvayt sudiga murojaat qilgan.
Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Quvaytga tashrifi vaqtida hukumatdagilar bilan Lazareva ishini muhokama qilgan edi, – deydi RIA Novosti.
LiveBarchasi