Lavrov va Blinken Ukraina sabab tortishib qoldi – “Bloomberg”

Olam

image

Stokgolmdagi (Shvetsiya) uchrashuvda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida Kiyevdagi voqealarni muhokama qilish chog‘ida keskin mojaro kelib chiqdi. Bu haqda “Bloomberg” munozaraning shaxsi sir saqlangan guvohlariga asoslanib, yozmoqda.

Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, mojaro Ukrainada “Rossiya agressiyasi” sodir bo‘lgan taqdirda G‘arbning javob choralari haqidagi suhbatdan kelib chiqqan.

“AQSH va uning Yevropadagi ittifoqchilari Prezident Vladimir Putin qo‘shnlarni Ukraina chegarasi yaqiniga joylashtirganidan keyin, “rus bosqini” tahdidiga javob berish yo‘llarini qidira boshlagach keskin shaklda fikr almashish boshlandi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Lavrov Blinkenga 2014 yil Kiyevda yuz bergan voqealar davlat to‘ntarishi bo‘lganini eslatgan.

“U shuningdek, NATO va Yevropa Ittifoqini o‘zgacha fikrlarni bostirish va Rossiyaga tahdid qilishda ayblagan”, deya yozadi nashr.

O‘z navbatida, Davlat departamenti rahbari NATOni “himoya ittifoqi” deb atagan va Ukrainaning sobiq Prezidenti Viktor Yanukovichga sodiq kuchlar Kiyevda tinch namoyishchilarga qarata o‘t ochgani va yuzdan ortiq odamni o‘ldirganini aytgan.

Avvalroq Germaniyaning “Bild” gazetasi Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun ikkita hujum rejasini ishlab chiqqani haqida xabarlar tarqatgandi. Nemis nashri hujum 2022 yil boshida amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.

G‘arb matbuoti va siyosatchilari so‘nggi paytlarda Moskva Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini jamlayotganini ta’kidlab kelmoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z qurolli kuchlarini o‘z hududi va o‘z xohishiga ko‘ra ko‘chirayotganini, uning harakatlari hech kimga tahdid solmasligini va hech kimni bezovta qilmasligi kerakligini aytib kelmoqda. Moskvaning ta’kidlashicha, “Rossiya tajovuzkorligi” haqidagi xabarlar chegara hududlarida NATO kuchlarini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

649

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing