Lavrov Tojikistonga hujum qilinishi ehtimoli haqida gapirdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini Vashingtonning “missiya muvaffaqiyatsizligini” tan olishi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonga hujum uyushtirilgan taqdirda, ushbu masala “Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)da ko‘rib chiqiladigan mavzu” bo‘ladi.

“Biz Tojikiston bilan ittifoqdoshmiz. Agar Tojikistonga qarshi hujum bo‘lsa, albatta, bu KXSHT tomonidan ko‘rib chiqiladigan mavzu bo‘ladi. Men ko‘p joylarda o‘qidim, televizordan Afg‘onistonga qo‘shin yuboramizmi yoki yo‘qligi haqida eshitdim: menimcha javob aniq”, deydi Lavrov Uzoq Sharq federal universitetida so‘zga chiqib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida Rossiya qo‘shni davlatlarning xavfsizligi uchun javobgarlikni unutmasligi va mintaqaviy mojarolarning eskalatsiyasiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etishini ta’kidlagandi.

Shuningdek, Vladimir Putin tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskinlashsa, Tojikistonga ham ikki tomonlama, ham Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti doirasida kerakli ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqlagandi

Shuningdek, “Tolibon” harakati vakili Zabiulla Mujohid “Tolibon” Tojikiston bilan chegaraning 70 foizini nazorat qilayotgani, harakat hududlar foizini ko‘paytirishi mumkinligi va Tojikistonga xavfsizlik kafolatini berishini ma’lum qilgandi. “Tolibon”, shuningdek, “do‘st davlat — Tojikiston” bilan yaxshi aloqalar o‘rnatish, chegaralar xavfsiz bo‘lishi va hech qanday aralashuv bo‘lmasligiga va’da bergandi.

Qolaversa, Tojikiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)dagi ittifoqchilariga Respublikaga Afg‘onistondan kelib chiqadigan muammolarni yengishda yordam so‘rab, murojaat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

823

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing