Lavrov Chavusho‘g‘liga Ukrainadagi urush haqida hisob berdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga amaliy tashrifi chog‘ida mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li bilan Ukrainadagi "maxsus operatsiya" qanday borayotgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda TASS yozmoqda.

“Birinchi navbatda xalqaro mavzular, albatta, Ukraina haqida gaplashdik.  Ukraina bilan chegarada yillar davomida yuzaga kelgan muammolarga, xususan, tashqi o‘yinchilar tomonidan chegaramizga solingan tahdidlarga e’tibor qaratdik. Maxsus rejaga muvofiq rivojlanayotgan Ukrainadagi urushning borishi haqida gaplashdik”, deydi Lavrov matbuot anjumanida. 

Shuningdek, Rossiya TIV rahbari Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li bilan Anqaradagi uchrashuvni foydali deb atagan. 

"Avvalo, mehmondo‘stlik juda foydali uchrashuv uchun do‘stlarimizga, mezbonlarga yana bir bor minnatdorlik bildiramiz. Vazirlar o‘rtasidagi bu yilgi uchinchi uchrashuv", deydi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing