Lavozimidan olinishi kutilayotgan Hidoyatov ekoboshqarmani mashina bilan siyladi
Jamiyat
−
18 noyabr 2021
18101Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov bugun, 18 noyabr kuni hokimlik balansidagi Captiva rusumli avtomobilni hududiy Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga o‘tkazib berdi. Bu haqda hokimning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi balansidagi 2015 yilda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasi davlat raqami bilan Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi balansiga tegishli tartibda o‘tkazildi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, avtomobil Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining joriy yil 4 oktyabrdagi xatini inobatga olgan holda o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, bugun Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. Davron Hidoyatov ishdan olinib, uning o‘rniga Qashqadaryoning sobiq hokimi Zoyir Mirzayev kelishi kutilyapti.
O‘z navbatida, Davron Hidoyatov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga o‘tishi aytilmoqda. Ammo bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
LiveBarchasi