Egnida to‘n, ko‘zida yosh... Qashqadaryoliklar Zoyir Mirzayevni yangi lavozimga kuzatdi
Jamiyat
−
18 noyabr 2021
15263Xabaringiz bor, bugun, 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U endilikda Toshkent viloyatiga hokim bo‘lish arafasida.
Qashqadaryo hokimligi Matbuot xizmati Zoyir Mirzayevning viloyat faollari bilan xayrlashuv so‘zlarini e’lon qildi.
“Ziyolilarimiz, yoshlarimiz, sektor rahbarlarimiz, shahar va tumanlar hokimlari hammamiz bir jamoa bo‘lib ishladik. Bu “komanda”da ikki xil fikrda yoki aravani ikki tomonga tortib ishlab bo‘lmasligini tushunib yetdik. Bu jamoani rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki xil fikrlilik bo‘lmasligi kerakligini aytdi. Ishonch uchun Prezidentga minnatdorlik bildirgan holda Qashqadaryo xalqiga qanday farzand bo‘lib kelgan bo‘lsak, xuddi shunday ketyapmiz. Bir dunyo aka-uka, ona-otalar va tengdoshlar – hamfikrlar hammangizdan minnatdorman, sog‘-salomat bo‘ling”, deya ko‘zda yosh bilan xayrlashgan Zoyir Mirzayev qashqadaryoliklar bilan.
Uni yangi lavozimga kuzatish davomida viloyat faollari Mirzayevga to‘n kiydirib, xayrlashgan.
Ma’lumot o‘rnida, Qashqadaryo viloyatiga bugungacha Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lgan Murodjon Azimov hokim etib tayinlandi.
LiveBarchasi