Lavozimdan uchgan hokim qaroriga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xo‘jaobod tumanining sobiq hokimi Otabek Rasulov imzolagan qarorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Andijon viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga javoban o‘zining rasmiy bayonotida ma’lum qilgan.

Unda aytilishicha, Xo‘jaobod tumanida yer maydonlarini ajratish bilan bog‘liq, shu jumladan sobiq tuman hokimining 2019 yil 30 martdagi 656-q sonli qarorlari qabul qilinishida qonun talablari buzilganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


“Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Xo‘jaobod tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deya ta’kidlangan munosabatda.

Shuningdek, viloyat prokuraturasi yuqoridagi noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatilgani va tergov natijalari bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy baho berilishini bildirgan.Biroq, prokuraturaning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, sobiq hokim Otabek Rasulovga jinoiy ish ochish uchun hali erta. Holat yuzasidan olib borilyotgan tergov ishi yakunlangach, bu haqida xabar beriladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyi boshida  2018 yildan buyon Xo‘jaobod tumanini boshqarib kelayotgan Otabek Rasulov o‘z lavozimidan chetlatilgan edi. Bunga uning harakatlaridan norozi bo‘lgan Xo‘jaobod viloyati xalq deputatlari Kengashining bir guruh deputatlaridan avgust oyi oxirida Prezident va bir qator hukumat idoralariga kelib tushgan murojaatlari sabab bo‘lgan.

Ajablanarlisi, Xo‘jaobod tumanining sobiq hokimi Otabek Rasulov lavozimidan ozod etilguniga qadar naq ikki marotaba Andijonda joriy etilgan «Mas’uliyatli rahbar» nishoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing