Latviya Ukrainaga mingdan ortiq dron yuboradi

Olam

image

Latviya Ukrainaga topshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarining katta partiyasini tayyorlashni yakunladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Andris Spruds ma’lum qildi.

“Latviya xalqaro dron koalitsiyasining bir qismi sifatida Ukrainaga har xil turdagi va imkoniyatlarga ega 3000 ta jangovar dron yetkazib berishni ta’minladi. Ukraina g‘alaba qozonmaguncha, barcha Latviya kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, deb yozgan u X’da.

Bundan tashqari, Latviya Ukraina hukumatiga topshirish uchun 2,7 mingga yaqin dron sotib olgan.

23 iyul kuni Latviya Mudofaa vaziri Adris Spruds Riga Ukrainaga 500 dan ortiq dronlarning birinchi partiyasini yetkazib berishi haqida xabar bergan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Latviya tomoni ushbu partiyani transferga tayyorlab qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina dron Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing