Latviya sharqida Rossiya droni quladi
Olam
−
09 Sentabr
4820Latviya Rossiya harbiy droni halokatiga oid tergov ishlarini olib bormoqda. Bu haqda kecha, 8 sentyabr kuni Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dron 7 sentyabr kuni Latviya sharqida halokatga uchragan.
“NATOning sharqiy qanotidagi shunga o‘xshash hodisalar soni ortib bormoqda va biz ularni birgalikda hal qilishimiz kerak”, deydi Prezident Riga o‘z ittifoqchilari bilan yaqin aloqada ekanligini ta’kidlab.
Latviya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, qurilma Rigadan 224 km sharqda joylashgan Rezekne viloyatida qulagan.
Latviya Milliy Qurolli kuchlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz samolyot Belarus yo‘nalishidan o‘z havo hududiga uchgan. Milliy Qurolli kuchlar hodisa haqida NATO qo‘mondonligini xabardor qildi. Latviya hukumati va huquq-tartibot idoralari, shuningdek, mintaqadagi boshqa NATO davlatlari voqea haqida xabardor qilingan.
“Bu voqea Riga Latviyaning sharqiy chegarasini mustahkamlash, jumladan, havo hujumidan mudofaa va elektron urush imkoniyatlarini rivojlantirish ustida ishlashni davom ettirishi kerakligini tasdiqlaydi”, deydi Mudofaa vaziri Andris Spruds.
Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan Latviya quruqlik chegaralari, havo hududi va hududiy suvlarini himoya qilishni kuchaytirmoqda. Milliy Qurolli kuchlar mamlakatning sharqiy chegarasida havo mudofaasini kuchaytirmoqda. NATO ittifoqchilari Boltiqbo‘yi davlatlari ustidan havo patrul missiyalarini aylantirmoqda.
“Latviya osmoni NATO havo hududining bir qismidir”, deya eslatdi Mudofaa vazirligi.
7 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukraina hududini o‘qqa tutayotganda kamida sakkizta dron Belarus havo hududiga kirgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi