Laporta “Real” bilan munosabatlar yomonlashganini aytdi
Sport
−
12 yanvar 1367 1 daqiqa
Ispaniya Superkubogi finalidan oldin “Barselona” prezidenti Joan Laporta Kataloniya jamoasining “Real Madrid” bilan munosabatlari butunlay yomonlashganini ma’lum qildi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
“Barselona” prezidenti Joan Laporta joriy yilning 10 yanvar kuni Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) tomonidan Superkubok finali oldidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan va “Real Madrid” bilan munosabatlari haqida gapirgan.
“Bizni yanada uzoqlashtirgan bir nechta muammolar mavjud. Bir vaqtlar ashaddiy raqib bo‘lgan bo‘lsak-da, endi munosabatlarimizning yomonlashishi va butunlay uzilishiga olib kelgan vaziyat sodir bo‘ldi. Bu jamoalar o‘rtasida hurmat yo‘q degani emas. Munosabatlarimizning holatidan qat’iy nazar, biz har doim shunday hurmatni saqlab kelganmiz va harakat qilishda davom etamiz. Futbolda hamma narsa hal qilinishi mumkin, lekin bu ishtirok etayotgan tomonlarga bog‘liq”, deydi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida “Barselona” “Real Madrid”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.