Laporta rasman iste’foga chiqdi
Sport
−
09 fevral 1530 1 daqiqa
Bugun, 9 fevral kuni “Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Laporta bo‘lajak prezidentlik saylovi kampaniyasiga e’tibor qaratish maqsadida bugun, 9 fevral kuni bo‘lib o‘tgan boshqaruv kengashi yig‘ilishida iste’foga chiqishini ma’lum qilgan. U bilan birga uning saylov ro‘yxatiga kirgan bir qator boshqaruv a’zolari, jumladan, Yelena Fort va Joan Soler ham lavozimlarini tark etgan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” prezidenti saylovi joriy yilning 15 mart kuniga belgilangan. Klub nizomiga ko‘ra, amaldagi prezident ovoz berish oldidan belgilangan davr mobaynida o‘z vakolatlarini to‘xtatib turishi shart.
Nomzodlar fevral oyi davomida o‘z saylov dasturlarini taqdim etadi. Yangi prezident 15 mart kuni klub a’zolari ishtirokida o‘tkaziladigan saylov orqali aniqlanadi.