Laporta “Barsa” jahon futboli elitasiga qaytganini iddao qildi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta klubning so‘nggi muvaffaqiyatlarini qayd etib, yozgi transferlar tufayli jamoa jahon elitasiga qaytganini ta’kidladi. Bu haqda “Barsa” rahbarining so‘zlariga tayanib, “Marca” nashri xabar berdi.

“Biz jamoani Yevropa yetakchilari bilan yanada raqobatbardosh qilishni istaymiz va “Barselona” hozirdanoq juda yaxshi rivojlanmoqda. Klubimizning sport direktoriga qilgan ishlari uchun rahmat aytmoqchiman, u Robertning jamoamizga o‘tishida juda katta ishni bajardi. Biz birgalikda “Barselona”ni jahon elitasiga qaytardik”, degan Joan Laporta.

Qayd etish kerak, oxirgi yillarda “ko‘k anorranglilar”  jiddiy moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda. Biroq mana shunday og‘ir vaziyatga qaramasdan, klub joriy yozdagi transfer oynasida eng faollardan biri bo‘ldi. Ayrim tahlilchilar “Barselona” rahbarlari yangi futbolchilar xaridi uchun pulni qayerdan olayotgani noma’lumligi to‘g‘risida yozmoqda.

Laporta “Barsa” boshqaruviga kelgach, jamoa biznes tarafdan yuksalishni boshladi. U Yaponiyaning  “Rakuten”kompaniyasi bilan shartnoma yakuniga yetgach, “Spotify” musiqiy strim kompaniyasi bilan qiymati 300 million yevroni tashkil qiluvchi bitim imzoladi. Bu tarixdagi eng katta homiylik kelishuvlaridan biri bo‘ldi. Qolaversa, “ko‘k anorranglilar” televizion huquqlarining 10 foizini Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Sixth Street” sarmoyaviy kompaniyasiga 205 million yevroga pulladi. Albatta, ushbu harakatlar “Barselona”ning byudjetini kengaytirdi. Katta ehtimol yuqoridagi bitimlardan tushgan pullarning ko‘p qismi yangi futbolchilarni xarid qilish uchun ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank  Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Diaz 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan va 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Albatta, bu futbolchilarning "Barsa" o‘yiniga qanchalik mazmun olib kirishini vaqt ko‘rsatadi. Ispaniyada yangi mavsum avgust oyida start oladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing