Lamin Yamal La Liganing eng yaxshi futbolchi deb topildi
Sport
−
11:46 392 1 daqiqa
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi qanot hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya futbolchilari assotsiatsiyasi (AFE) tomonidan 2025-2026 yilgi La Liga mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda AFE matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Mazkur mukofot Ispaniya futbolida turli darajalarda to‘p tepayotgan eng yaxshi futbolchilarga topshiriladi. G‘oliblar futbolchilarning o‘zaro ovoz berishlari orqali aniqlanadi.
O‘tgan mavsumda 19 yoshli Yamal Ispaniya chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Yamal 2023 yildan buyon “Barselona”ning asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. U 16 yosh 38 kunligida La Ligada XXI asrda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan. Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Yamalning ayni paytdagi bozor qiymati 220 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi