Lamin Yamal La Ligada oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamal La Liganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti ma’lum qildi.

Yamal ushbu sovrinni qo‘lga kiritishda “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. 18 yoshli hujumchi ketma-ket ikki oy davomida bu unvonga munosib deb topildi.

Dekabr oyida Lamin “Barselona” safida liga doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylandi. 
Hozirda u jamoasi bilan Ispaniya Superkubogi finali oldidan Saudiya Arabistonida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “Barselona” La Liga turnir jadvalida 49 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga “Barselona” Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing