La Liganing XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi
Sport
−
27 noyabr 2025 1969 1 daqiqa
Ispaniya La Ligasining 2000 yil boshidan buyon o‘z mahoratini namoyish etgan eng yorqin futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Unda XXI asrning eng yorqin 25 nafar futbolchining nomi keltirilgan. Bu haqda “Goal” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi bahs futbol tarixidagi eng buyuk duel sifatida baholangan. Ularning har ikkisi nafaqat o‘z davrining eng kuchli futbolchilari, balki La Liga tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Ammo nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi 25 yil davomida Ispaniya chempionatida Messidan yoki Ronaldudan kam bo‘lmagan boshqa yulduzlar ham porlagan.
Nashrning reytingiga ko‘ra, 1-o‘rindan “Barselona” sobiq hujumchisi Lionel Messi, 2-pog‘onadan “Real Madrid” sobiq forvardi Krishtianu Ronaldu joy olgan.
Top-10 quyidagicha ko‘rinishda:
1. Lionel Messi;
2. Krishtianu Ronaldu;
3. Zinedin Zidan;
4. Ronaldino;
5. Luis Suares;
6. Xavi;
7. Andres Iniyesta;
8. Luka Modrich;
9. Antuan Grizmann;
10. Neymar.