La Ligada peshqadam o‘zgardi
Sport
−
01 dekabr 2034 3 daqiqa
Kecha, 30 noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 14-tur uchrashuvlari yakunlandi. Bu turda peshqadam “Real Madrid” safarda “Jirona” bilan durang o‘ynadi. Natijada “Barselona”ning “Alaves” ustidan qozonilgan g‘alabasi evaziga jadval peshqadamiga aylandi. “Atletiko Madrid” esa o‘z maydonida “Oviyedo”ni mag‘lub etishga erishdi.
“Xetafe” 1:0 “Elche”
“Xetafe” o‘z maydonida “Elche”ni yagona gol bilan mag‘lub etdi. Mauro Arambarrining goli mezbonlarga muhim uch ochkoni rasmiylashtirish imkonini berdi.
“Malorka” 2:2 “Osasuna”
Bu uchrashuvda “Malorka” va “Osasuna” o‘zaro teng kurash olib bordi va yakunda durang natija qayd etildi.
“Barselona” 3:1 “Alaves”
“Barselona” o‘z maydonida aniq va samarali o‘yin ko‘rsatib, “Alaves”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. “Ko‘k-anorranglilar” dastlabki daqiqalarda gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, Jamol Yamal va Olmoning gollari hisobiga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Levante” 0:2 “Atletik Bilbao”
“Atletik Bilbao” himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatib, “Levante”ga imkon qoldirmadi. Mehmonlar ikki bor gol urib, safarda muhim g‘alabaga erishdi.
“Atletiko Madrid” 2:0 “Oviyedo”
“Atletiko Madrid” o‘z maydonida o‘yinni to‘liq nazorat qilib, ustunligini yaqqol namoyish etdi. Diyego Simeone shogirdlari Syorlotning dubliga tayanib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Real Sosedad” 2:3 “Vilyarreal”
Gollarga boy bo‘lgan ushbu bahsda “Vilyarreal” safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Real Sosedad” yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Alberto Moleyroning 90+5-daqiqadagi goli mehmonlarga zafar keltirdi.
“Sevilya” 0:2 “Betis”
Andalus derbisida “Betis” 2:0 hisobida zafar quchdi. Fornals va Altimiraning gollari mehmonlarga ustunlik olib berdi. “Sevilya” esa 84-daqiqada Isaak Romeroning qizil kartochka olishi sababli o‘yinni bir kishi kam yakunlashga majbur bo‘ldi.
“Selta” 0:1 “Espanol”
“Espanol” safarda kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natija Barselona klubiga jadvalning yuqori qismiga yaqinlashish imkonini berdi. Hozirda ular 6-pog‘onani egallab turibdi.
“Jirona” 1:1 “Real Madrid”
“Jirona” o‘z maydonida “Real Madrid”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi va peshqadamning ochko yo‘qotishiga sababchi bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida Azzedine Ounahining goli mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Kilian Mbappe penaltidan hisobni tenglashtirdi. Natijada madridliklar peshqadamlikni o‘z raqibi “Barselona”ga boy berib, 2-pog‘onaga tushib ketdi.
“Rayo Valekano” – “Valensiya”
Bu uchrashuv bugun, 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, yakunlangan turdan so‘ng Kataloniyaning “Barselona” jamoasi 34 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. “Real Madrid” turdagi muvaffaqiyatsizlik evaziga 33 ochko bilan 2, “Vilyarreal” jamoasi esa 32 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 5 noyabr kuni boshlanadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr