Lempard faoliyatini Amerikada davom ettirishi mumkin
Sport
−
07 dekabr 2023
2037“Chelsi”ning sobiq ustozi Frank Lempard Amerikaning “Sharlotta” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Lemparddan tashqari Din Smit varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Klub hozirda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazmoqda. Hozirda ikkala britaniyalik mutaxassis ham ishsiz.
Frenk Lempardning so‘nggi klubi “Chelsi” bo‘lgan. U avvalroq “Everton” va “Derbi Kaunti”ni boshqargan. Smitga kelsak, 52 yoshli mutaxassis 2023 yilning 10 aprelida “Lester”ni qabul qilib olgandi, biroq u klubni ligada olib qololmadi va mavsum yakunida klubni tark etdi. Faoliyati davomida Smit “Norvich”, “Aston Villa”, “Brentford” va “Uolsoll” klublarini ham boshqargan.
“Sharlotta”ning oxirgi murabbiyi italiyalik Kristian Latansio edi. O‘tgan mavsumda jamoa MLS Sharqiy konferensiyasida 9-o‘rinni egalladi va pley-offning bahsida “Nyu-York Red Bullz”ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
LiveBarchasi