Kuzning ilk kunida qanday ob-havo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
08:40 1307 1 daqiqa
Bugun, 1 sentyabr kuni O‘zbekistonda havo 33 darajagacha isiydi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi