Kuzgi maktab ta’tili qachon boshlanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabda ta’tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

• kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

• qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

• bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab O'zbekistonda Ta'til vaqtlari

Baholaganlar

197

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing