Kuyov oilaviy masalaga aralashgan qaynota-qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
14 iyun
12515Samarqand viloyatining Payariq tumanida erkak turmush o‘rtog‘ining uyiga borib, 62 yoshli qaynotasi va 60 yashar qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joriy yilning 10 iyun kuni soat 12:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Gap shundaki, 1988 yilda tug‘ilgan J.M. Payariq tumani “Nakurt” mahallasi Bekto‘pi qishlog‘ida yashovchi qaynotasi R.J.ning uyiga kelib, rafiqasi Z.A. bilan oilaviy masalalarda janjallashgan. Er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikka dastlab qaynona N.J., keyin esa qaynota R.J. aralashgan. O‘zaro janjal oqibatida kuyov avval qaynonasi (1964 yilda tug‘ilgan), keyin esa qaynotasiga (1962 yilda tug‘ilgan) oshxona pichog‘i bilan ko‘plab kesuvchi va sanchib kiruvchi jarohatlar yetkazgan. Oqibatda qaynota va qaynona olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan kuyov J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha J.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
LiveBarchasi