Kuvaytdagi dunyoning eng yirik neft konida yong‘in yuz berdi 

Olam

Kuvayt janubida joylashgan dunyodagi eng yirik Katta Burgan neft konida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda Kuvayt davlat axborot agentligi xabar bergan.

Qayd etilishicha, yong‘in o‘z vaqtida nazoratga olingan. Jabrlanganlar kon ishchilari bo‘lgan. 

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea neft qazib olishga ta’sir qilmagan. 

Kuvaytda joylashgan Katta Burgan neft konlari guruhi dunyodagi qazib olinuvchi neft zaxiralarining 5 foizdan ortig‘iga ega. 

Shuningdek, Kuvaytdagi tasdiqlangan neft zaxiralarining 75 foizdan ortig‘i Katta Burganga yig‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing