Kutubxonachilar uchun alohida ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Jamiyat
−
23 dekabr 2020
3108O‘zbekiston RespublikasiHukumati qarori bilan “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu ko‘krak nishoni bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida (892 ming so‘m) biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.
Ko‘krak nishoni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
LiveBarchasi