Kurtua va Rodrigo qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, “Real” klubining ikki futbolchisi Tibo Kurtua va Rodrigo jarohat sabab jamoasining “Barselona”ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kurtuaning tiklanish davri 3-4 haftani tashkil qiladi, chunki uning jarohati 29 sentyabr kuni “Atletiko Madrid” bilan derbida (1:1) olgan jarohatining takrorlanishi hisoblanadi. “Real Madrid” shifokorlari belgiyalik posbonning jarohatini to‘liq nazorat ostiga oladi. Jamoa shifokorlari o‘tgan mavsumdan beri ikki marta futbolchilar bilan shu kabi muammolarga duch kelgan.

Tizzasidan jarohat olgan Rodrigo esa Kurtuaga nisbatan ertaroq safga qaytishi kutilmoqda. U 2-3 hafta ichida safga qaytadi.

Shunday qilib, Kurtua terma jamoa o‘yinlari uchun noyabrdagi tanaffusdan so‘ng maydonga qaytishi mumkin. U qirollik klubing “Barselona”, “Valensiya” va “Milan”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi, posbon “Osasuna” bilan o‘yinda maydonga qaytish ehtimoli bor.


Maqola muallifi

Teglar

Real Rodrigo Kurtua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing