Kurtua o‘z vaqtida nega MYUga o‘tmaganini izohladi
Sport
−
19 fevral
1664Belgiya terma jamoasi va “Real” darvozaboni Tibo Kurtua bolaligida “Manchester Yunayted” muxlislik qilgan, lekin MYUda o‘ynash imkoniyatidan foydalanmagan. Bu haqda posbon Rio Ferdinandning YouTube kanalidagi podkastda aytdi.
“Menga Edvin van der Sar va Iker Kasilyasning o‘yini yoqardi. Shu sababdan ham doim “Real” va “Manchester Yunayted” o‘yinlarini kuzatib borganman. Men Edvinning o‘yinlarini yoshim kattaroq bo‘lganda ham kuzatardim va undan nimalarnidir o‘rganishga harakat qilardim. MYU David de Xea bilan shartnoma imzoladi va bu mening yo‘limni biroz o‘zgartirdi. “Genk”da yaxshi o‘ynay boshlagan paytlarim, “Tottenxem”, “Chelsi” va boshqa mamlakatlar klublari menga qiziqish bildirdi. O‘sha paytda “Chelsi” men uchun eng yaxshi uzoq muddatli loyiha edi va Devid “Manchester Yunayted”ga o‘tgandan so‘ng men uchun “Atletiko”ga o‘tish imkoniyati ochildi”, deydi Kurtua.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Kurtua faoliyati davomida “Genk”, “Chelsi” va “Real”da o‘ynagan, shuningdek, “Atletiko”da 3 yil ijarada to‘p tepgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

