Kurskda 1,5 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qoldi. Firibgarlar bundan foydalana boshladi
Olam
−
20 avgust
9462Kursk viloyati aholisi 11-19 avgust kunlari Qizil Xoch tashkilotiga bedarak yo‘qolgan qarindoshlarini qidirish uchun 1,5 mingdan ortiq ariza topshirgan va ularning 100 dan ortig‘i topilgan. Bu haqda tashkilotning Rossiya bo‘limi matbuot xizmatiga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.
“LizaAlert” qidiruv guruhi ham avgust oyi boshidan buyon Kursk viloyatida odamlarni izlash bo‘yicha 779 ta so‘rov qabul qilgan, ulardan 111 tasi topilgan.
Shuningdek, mintaqada bedarak yo‘qolganlarning ko‘payishi sababli firibgarlar pul ishlashning yangi usulini o‘ylab topgan. Ular ochiq manbalardan, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, hudud aholisiga qarindoshlari yoki tanishlari topilganligi haqida xabar beradi va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun pul so‘raydi. 15 avgust kuni “LizaAlert” qidiruv guruhi o‘zining VKontakte sahifasida resurs ma’muriyati qidiruvdagi Ukraina bilan chegaradosh viloyatlar aholisi haqidagi barcha ma’lumotlarni yopishga qaror qilgani haqida xabar berdi.
“Biz shaxsiy ma’lumotlar va bedarak yo‘qolganlarning fotosuratlari bilan yo‘nalishlarni e’lon qilmasdan, yopiq formatdagi ilovalar ustida ishlashni davom ettiramiz. Barcha mavjud vositalar yordamida qidiruvni davom ettiramiz. Qaror birinchi navbatda xavfsizlik nuqtai nazaridan, bedarak yo‘qolganlarning yaqinlarini firibgarlardan himoya qilish maqsadida qabul qilingan”, deyiladi guruh ma’muriyati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ukraina harbiylari Kursk viloyati hududlariga kirayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi