Kurashchi Sultonbek Elmurodov 4 yilga sportdan chetlatildi

Sport

image

Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmurodov doping tufayli 4 yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, sportchi Sultonbek Elmurodovdan 2021 yil oktyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasidan taqiqlangan Furosemid moddasi aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Shu bois, Sultonbek Elmurodov antidoping kodeksining 2.1 moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021 yil 23 dekabrdan boshlab, 2025 yil 22 dekabrga qadar 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing