Ko‘plarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin menga yoqadi – Prezident
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
5087O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tayotgan majlisda nutq so‘zlab, saylovlarda faol ishtirok etgani uchun xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlariga minnatdorlik bildirdi.
“Alohida aytmoqchiman, xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy jurnalistlar, o‘zimizning ommaviy axborot vositalariga, o‘zimizning jurnalistlarga samimiy minnatdorlik bildiraman. Mana, debatlar vaqtida fraksiyalar yoki partiya rahbarlari qizg‘in savollarga javob berishga majbur bo‘lishdi. Bitta narsani bilinglar, savol bergan ommaviy axborot vositalari ham kechagi OAV emas. Ular ham o‘z ustida ishlayapti. Ularning ham saviyasi oshyapti. Ular ham savol berish uchun o‘zini qiynab yozadi, ishlaydi, qonunni o‘qiydi. Ular har bir partiya chiqargan tashabbuslar bo‘yicha o‘zining tayyorgarligini ko‘rsatdi. Shuning uchun xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy jurnalistlar, o‘zimizning jurnalistlarga, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘zimning men o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”.
Davlat rahbarining navbatdagi so‘zlari tinimsiz qarsaklar sabab bo‘ldi.
“Jurnalistlar ko‘plarga yoqmaydi, lekin menga yoqadi”, deydi davlat rahbari.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar