Kuper Osiyo grantlarini yutishga ishonyapti

Sport

image

Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqishiga ishonyapti. Bu haqda MTJ bosh murabbiyi bugun, 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Men hozirgi futbolchilar va imkoniyatlar bilan terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqa olaman. osiyoning har qanday jamoasini yutsa bo‘ladi. Ammo o‘yinchilarning o‘zi bunga ishonishi kerak. Raqib jamoa Yaponiya, Koreya yoki Avstraliya ekan deb qo‘rquvga tushishi kerak emas”, dedi Ektor Kuper.

Bosh murabbiyning ta’kidlashicha, O‘FA u bilan tuzgan shartnomada termani Jahon chempionatiga olib chiqish alohida band qilib ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, O‘FA terma tarkibini shakllantirish mas’uliyatini to‘laligicha murabbiyga topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing