Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta o‘lim xavfini 23 foizga kamaytiradi

Salomatlik

image

Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa tez yurish bevaqt o‘lim xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalarini “British Journal of Sports Medicine” nashri e’lon qildi.

Ma’lumki, yurak-qon tomir kasalliklari butun dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sababi bo‘lib, saraton kasalligidan deyarli ikki baravar ko‘p o‘limga olib keladi. Jismoniy faollik bu holatlarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

Hozirda mutaxassislar jismoniy faollik darajasi va yurak xastaliklari, saraton va erta o‘lim xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish uchun 30 milliondan ortiq ishtirokchilarning 196 ta tadqiqotini ko‘rib chiqdi.

Kuniga 11 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, masalan, tez yurish yoki velosipedda yurish yurak xastaliklari, insult va ayrim saraton kasalliklari va ular ortidan kelib chiqadigan bevaqt o‘lim xavfini 23 foizga kamaytirish uchun yetarli bo‘ladi degan xulosaga kelindi.

Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga o‘zimizga yoqadigan jismoniy mashg‘ulotlarni kiritish katta samara beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing