Kundedan quruq qolgan “Barsa” boshqa bir o‘yinchini ko‘z ostiga oldi

Sport

image

“Barselona” “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torresni 45–50 million yevroga sotib olishi mumkin. Bu haqda “El Chiringuito TV” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Barselona” klubi 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Pau Torresning o‘zi Kataloniya jamoasiga o‘tishga tayyor, “Vilyarreal” esa uning ketishiga qarshi emas.

Qayd etilishicha, “Barselona” Torres haqida surishtiruv o‘tkazgan. “Ko‘k-anorranglilar” Abde Ezzalzulini shartnomaga kiritilishi mumkin.

Pauning “Barselona”ga transferi 40–50 million yevroga baholanmoqda. Futbolchi esa “Barsa” jamoasiga o‘tish imkoniyatidan mamnun.

Shuningdek, OAVda “Manchester Yunayted” Pau Torres uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundeni qiziqayotgani haqida xabar bergandik. Biroq, Kunde “Chelsi” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Londonliklar futbolchi uchun 55 million funt to‘lashga tayyor. 

Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik himoyachi “Vilyarreal” bilan 2021/22 mavsumda Ispaniya chempionatining 33 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 gol va 1 assist qayt etgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing