Kun tartibida yana soqol. G‘iyosov ichki ishlardagi holatga izoh berdi

Jamiyat 60550
image
-

Ijtimoiy tarmoqlarda soqol qo‘ygan fuqarolar ichki ishlar idoralariga olib borilib, ular bilan suhbatlashilayotgani, so‘ng ulardan soqolini qirchishlash talab qilinayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. 

Xususan, Abu Vines nomi bilan tanilgan bloger ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o‘zining soqoli olingan suratini joylab, unga shunday izoh qoldirdi: 

“Har ishda bir hikmat bor. Ko‘rib turganingizdek, soqol olindi. Sizlardan iltimos, nima bo‘ldi, nima uchun soqol oldingiz, tinchlikmi, muammo bormi degan savollarni bermanglar. Javob berishga qiynalishim mumkin. Lekin, ko‘rgan, bilgan odamlarning o‘zlari tushunib olishdi, degan umiddaman. Nima ham deymiz, ijodni yana ham kuchaytiramiz. Har qanday holatda ham ijod qilishdan, insonlarga motivatsiya berishdan to‘xtamaslikka harakat qilamiz. Sizlarni yaxshi ko‘raman. Duolaringizdan umidvorman”. 

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik Abu Vines kabi soqoli qirchishlangan blogerlar va jamoatchilik vakillarining suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, Ichki ishlar vazirligidan bu holat bo‘yicha izoh berilishini so‘ramoqda.

Nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov tarmoqda kun tartibiga chiqqan masalaga munosabat bildirdi. Uning qayd etishicha, soqolning qirchishlanishi e’tiqod bilan bog‘liqlik joyi yo‘q. 

“Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida o‘tkaziladigan tezkor-profilaktik tadbirlarini fuqarolarning diniy e’tiqodi bilan bog‘lash mutlaqo noto‘g‘ri. 

Fuqaro, o‘zining konstitutsiyaviy huquqlari poymol etilgan deb hisoblasa, o‘rnatilgan tartibda shikoyat qilishi mumkinligini eslatib o‘tamiz”, deb yozadi G‘iyosov.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3349
Reyting: 3
t
×