Kumushkon tog‘larida adashib qolgan yigit topildi
Jamiyat
−
23 may 2021
18957O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Kumushkon tog‘larida adashib qolgan yigit topildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 22 may kuni 10 kishidan iborat yigitlar Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Kumushkon tog‘lariga dam olgani chiqqan. Yigitlar baland tog‘likka ko‘tarilganlarida birdan kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan, ular tezda tog‘dan pastga tushgan. Biroq, ular pastga tushganlarida do‘stlaridan birini qidirib qoladi.
Qolib ketgan o‘rtog‘ini qidirish uchun yigitlar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhidan yordam so‘ragan.
Uch soatlik qidiruv jarayonida bedarak yo‘qolgan yigit topilgan va do‘stlariga sog‘-omon topshirilgan.
LiveBarchasi