Ko‘mirga qo‘yilgan taqiq kuchini ko‘rsatmoqda

Olam

image

So‘nggi oylarda Rossiyadan Ukrainaga ko‘mir yetkazib berish hajmi 85 foizga kamaydi. Bu haqda “Utro.ru” xabar bermoqda.

Yoqilg‘i-energetika kompleksining Markaziy dispetcherlik boshqarmasining ma’lumotlariga qaraganda, shu yilning 1-iyunidan Rossiyaning ko‘mir va neft mahsulotlarini Ukrainaga sotishga qo‘yilgan taqiq kuchga kirgan edi. Ammo amalda bu embargo to‘liq emas.

Eksportni davom ettirishni istaganlar har oy Energiya vazirligidan ruxsat olishlari kerak. Biroq yetkazib beruvchilarning aksariyati Ukraina tomoni bilan hamkorlikni to‘xtatishni afzal ko‘rdi.

Lekin, eksport taqiqlangani sababli qo‘shni mamlakatda ko‘mirning qulashi haqida gapirishga hali erta. Ba’zi bir kompaniyalar shunchaki  Belorusiyaga yoqilg‘i jo‘natish logistikasini o‘zgartirishi mumkin. 

Belstat ma’lumotlariga ko‘ra: o‘tgan yili Rossiya Belorussiyaga ko‘mir yetkazib berishi ikki baravar, 2019 yilning birinchi yarmida esa to‘rt baravar ko‘paytirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing