Ko‘mir orasidagi parfyumeriya fosh etildi
Jamiyat
−
20 may 2019 4990 1 daqiqa
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi A.D boshqarib kelayotgan “SHAANXI” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Respublika Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yuk mashinasi egasi yukxonada ko‘mir ortilganligini ma’lum qilgan. Biroq, avtomashina yukxonasi tekshirilganda 3 dona qog‘oz karobkalarga joylashtirilgan, jami 71 dona sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari ham yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel