Kumanning “Barselona”dagi taqdiri aniq bo‘ldi

Sport

image

Xabaringiz bor, “Barselona” bu mavsumni ancha omadsiz tarzda o‘tkazdi. Shu sababli, jamoaning ko‘plab muxlislari bosh murabbiyi Ronald Kumanni almashtirish borasida rahbariyatga ko‘p bora murojaat qildi.

Uzoq vaqt davom etgan muzokaralar natijasida “blaugranas” rahbariyati Kumanga yana bir mavsum imkoniyat berishga qaror qildi. Mutaxassis bilan 2022 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolandi. Ushbu bitim bo‘yicha nederlandiyalik sobiq futbolchi yiliga 6 million yevro ishlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsum Ronald Kuman boshchiligida “ko‘k-anorranglilar” “Kopa del Rey” (“Qirol Kubogi”)da zafar quchdi. YeCHLdagi yurish nimchorak finalda yakunlandi, La Ligada esa uchinchi o‘rin qo‘lga kiritildi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing