Kuleba Yermakni “g‘azablantirgani” uchun ishdan bo‘shatildi – “Politico”
Olam
−
13 Sentabr
9399Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba yaqinda bo‘lib o‘tgan hukumatdagi o‘zgarishlar chog‘ida Prezident devoni rahbari Andrey Yermakni “g‘azablantirgani” uchun o‘z lavozimini yo‘qotdi. Bu haqda Ukraina manbalariga tayanib, “Politico”nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina hukumatidagi so‘nggi o‘zgarishlar jiddiy o‘zgarishlar emas, balki faqat “stullarni qayta tashkil etish”ni anglatadi, garchi rahbarlik lavozimlarida yangi shaxslarga ehtiyoj bor.
Nashr suhbatdoshlari bundan mustasno sifatida Kulebaning iste’foga chiqishi va “Ukrenergo” boshqaruvi raisi Vladimir Kudritskiyning ishdan olinishini aytishadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Kulebaning ishdan bo‘shatilishiga uning Prezident Vladimir Zelenskiy idorasining nufuzli rahbari Andrey Yermakni g‘azablantirgani sabab bo‘lgan va u tashqi ishlar vazirligi ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatishni istagan.
Nashrning ta’kidlashicha, hukumatdagi o‘zgarishlar Zelenskiyning “juda shaxsiylashtirilgan va ba’zilariga ko‘ra avtokratik boshqaruv uslubi” haqidagi xavotirlarni yo‘qqa chiqarmagan. Bu kontekstda Kulebaning iste’fosi “Zelenskiy guruhi savol berishga va e’tiroz bildirishga tayyor bo‘lgan autsayderni qanday qilib haydab chiqarayotganining yana bir misoli” sifatida qaraladi.
Kudritskiyning ishdan bo‘shatilishi G‘arbda “Ukrenergo”ning hukumatdan mustaqilligi davom etishi borasida xavotir uyg‘otdi. “Politico” nashriga bergan izohida Kudritskiy Ukraina rasmiylarini kompaniya ustidan nazorat o‘rnatishga urinishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblamadi, biroq hukumat buni haqiqatdan ham anchadan beri xohlayotganini va uning ishdan bo‘shatilishi uning shaxsiyati bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
“Hammasi hokimiyatning markazlashuvi bilan izohlanadi va men sizga shuni ayta olamanki, agar biz (Ukrenergo) so‘nggi ikki yil ichida mustaqil bo‘lmaganimizda, tizimni ish holatida ushlab turolmagan bo‘lardik”, deydi u.
5 sentyabr kuni Oliy Rada 9 ta yangi vazirni tasdiqladi. Dmitriy Kuleba o‘rniga avvalroq Ukraina Prezidenti devonida ishlagan Andrey Sibiga Tashqi ishlar vazirligi rahbari bo‘ldi.
Kudritskiy 2 sentyabr kuni ishdan bo‘shatildi, “Ukrenergo” kuzatuv kengashi rahbari Daniel Dobbeniy va boshqaruv kengashi a’zosi Peder Andreason Kudritskiyning ishdan bo‘shatilishini siyosiy sabablarga ko‘ra deb atadi.
LiveBarchasi