Kuleba ba’zi davlatlar Kiyevga qurol sotishdan bosh tortganini aytdi
Olam
−
29 noyabr 2022 5964 1 daqiqa
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ayrim davlatlar Kiyevga qurol sotmasligini aytdi. Bu haqda u Politico nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Kuleba bir qator davlatlar siyosiy sabablarga ko‘ra, Ukrainaga yetarli miqdorda qurol sotishdan bosh tortganini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, bu haqiqatni “tan olish kerak”. Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Kiyev “ishonchsiz hamkorlar”ga tayanishni bas qilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
“Biz omborlarda zaxiralari bor, lekin ularni bo‘lishishni istamaydigan uchinchi davlatlarning injiqliklariga qaram bo‘lib qolmasligimiz kerak”, deydi u.
Shuningdek, Kuleba NATO davlatlari zudlik bilan qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishi va mudofaa sanoatiga sarmoyani oshirishi kerakligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 20 milliard dollardan ortiq harbiy yordam bergan.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr