Kulaymi va o‘laymi? 5 kunga qamalgan blogerga shafqat qilindi, u 4 kunda ozodlikka chiqdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 11 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining qarori bilan ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi va suratlarni tarqatgan bloger S.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik sudning ushbu qarorini boshqalar, jumladan davlatning shaxsning daxlsizlik huquqini poymol qilishi, insonning shaxsiy ishlariga aralashishi, deb baholadi. 

Toshkent shahar sudlaridan ma’lum qilinishicha, kecha, 15 noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida S.S.ga oid ish yuzasidan chiqarilgan sud qaroriga huquqbuzar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilgan.

Ma’muriy javobgarlikka tortilgan S.S. apellyatsiya shikoyatida, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, sud qarori bilan tayinlangan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.

Apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatda keltirilgan vajlarni o‘rganib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan S.S.ga nisbatan jazo tayinlashda, shaxsini, yoshini, ayolligini, bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi qarori bilan tayinlangan ma’muriy qamoq jazosini kam muddatdagi ma’muriy qamoq jazosiga keltirishni lozim, deb topgan.

Toshkent shahar sudining ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining S.S.ga oid qarori o‘zgartirilib, huquqbuzarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanilgan holda tayinlangan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi 4 sutka ma’muriy qamoq jazosiga keltirildi.

Natijada ma’muriy javobgarlikka tortilgan S.S. jazoni to‘liq o‘tagan deb hisoblanib, Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing