“Ko‘ksaroy”da Yun Sok Yol tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyun kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.

Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdi.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing