Ko‘krakni kattalashtirish saratonga olib keladi
Salomatlik
−
14 aprel 2021
20217Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 1,5 millionga yaqin ayolda ko‘krak bezi saratoni aniqlanadi. Saratonning ushbu turi ayollar orasida o‘lim holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Bunga esa ayrim holatlarda ayollarning plastik jarrohlik amaliyoti orqali ko‘krakni shishirish havasi ham sabab bo‘lib, go‘zallikka qo‘yilgan ortiqcha ruju oxir-oqibat saratonni yetaklab kelishi mumkin. Bu haqda Respublikasi onkologiya ilmiy markazi Onkomammologiya bo‘limi rahbari, Respublika bosh mammologi, professor Lola Alimxo‘jayeva QALAMPIR.UZ’ning “Jim turing” loyihasida ma’lum qildi.
“Bu urf bizga Yevropadan kelgan. Lekin Yevropani o‘zi “moda”dan allaqachon voz kechgan. Bugungi kunda tabiiy holat “moda”da. Ayollarning tabiiy, chiroyli holati, o‘sha aytilganidek, Yevropa standartiga kiradi va bugun mana shu tabiiy holat urfda. Nafaqat bizda, balki sobiq ittifoq mamlakatlarida ayollar ko‘krakni kattalashtirib, bunda silikondan foydalanishadi. Ammo bu yaxshilikka olib kelmaydi”, deydi shifokor.
O‘zbekistonda ham allaqachon ko‘krak bezlari bilan bog‘liq plastik operatsiyalarni amalga oshiruvchi maxsus klinikalar mavjud bo‘lib, ulardagi turli amaliyotlar narxlari o‘rtacha 800 dollarda 4000 ming dollargacha baholanadi.
Lola Alimxo‘jayevaning ma’lum qilishicha, bunday operatsiyalarni shifokorlar tavsiya qiladigan holatlar ham mavjud va jarrohlik amaliyoti oldidan, albatta, onkomomolog ko‘rigi shart.
“Albatta, ba’zi qizlar va ayollarga o‘zimiz tavsiya qilamiz. Masalan, yoshligidan amastiya – ko‘krak kam rivojlanish kasalligiga chalinganlarga plastik jarrohlik amaliyoti tavsiya etiladi. Biroq buni ham o‘z talablari bor. Nasl toza bo‘lishi kerak. Shuningdek, onkomomolog kuzatuvidan o‘tib, shifokorning ko‘rigi bo‘lishi shart. Agar saratonga moyillik bo‘lsa, yoki saratonoldi kasalliklarga moyillik bo‘lsa, bunday ayollarga tavsiya bermaymiz. Chunki bu keyinchalik saratonga olib kelishi mumkin.
Tabiatga qarshi bormang, u baribir qasdini oladi. Bunday narsalarni o‘ylab qildirish kerak. To‘g‘ri, hozir ijtimoiy tarmoqlarda bunday operatsiyalarning chiroyli natijalarga boy reklamalarini ko‘ramiz. Lekin, ortida qancha salbiy izohlar bor. Reklamalarda qanchadan qancha operatsiyalar noto‘g‘ri qilingani, qanchadan qancha salbiy oqibatlar kelib chiqqani haqida yozilmaydi”, deydi Respublika bosh mammologi, professor Lola Alimxo‘jayeva.
Ma’lumot o‘rnida, suyuq kerosin in’eksiyalari bilan ko‘krakni kattalashtirish birinchi marta 1889 yilda amalga oshirilgan va 1895 yilda turli xil moddalarni implantatsiya qilishga urinishlar boshlangan. XX asrning birinchi o‘n yilliklarida fil suyagi, shisha sharlar, kauchuk, ho‘kiz xaftasi, yog‘ to‘qimalari, jun, gutta-percha, poliyetilen lenta, poliyetilen va polivinil gubkalar (shu jumladan poliyetilen paketlarda), ko‘pikli poliester, polistirol, poliuretan, poliester va teflon silikon protezlari ko‘krakni kattalashtirish qo‘llanilgan. Bunday operatsiyalar salbiy oqibatlarga olib keldi.
1945 va 1950 yillarda ko‘krak hajmini oshirish uchun ko‘krak devorini aylantirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi. 1950 va 1960 yillarda kamida 50 000 ayolga turli xil sintetik materiallar, shu jumladan suyuq silikon va polivinil gubkalar kiritildi.
1961 yilda birinchi silikon implantlarni Xyustondagi plastik jarrohlar Tomas Kronin va Frenk Gerov ishlab chiqdilar. Ular birinchi bo‘lib 1962 yilda Jan Lindsi tomonidan o‘rnatildi. 1964 yilda fransuz kompaniyasi "Arion" implantlarning yana bir turini ishlab chiqdi. Bunday implantlarning qobig‘i silikon elastomerdan tayyorlanadi va suv-sho‘r eritma bilan to‘ldirish sut beziga qo‘yilgandan keyin sodir bo‘ladi.
1980 yillarning boshlarida silikon implantlari ko‘krak bezi saratoniga olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 1982 yil yanvar oyida Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi ularni uchinchi xavfli sinfga ko‘ra tasniflashni taklif qildi. 1988 yil iyun oyida bunday tasnif amalga oshirildi. Xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot berish uchun ishlab chiqaruvchilarga 1991 yil iyulgada muddat berildi. 1991 yil sentyabr oyida Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganib chiqib, ularning ma’lumotlari mahsulotlarning xavfsizligi yoki xavfliligini tasdiqlamaganligini aytdi va qo‘shimcha ma’lumot so‘radi. 1992 yil fevralga kelib Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi va Umumiy va plastik jarrohlik asboblari paneli tomonidan birgalikda olib borilgan tadqiqotdan so‘ng silikon implantlardan faqat tibbiy sabablarga ko‘rava faqat maxsus ruxsatnomadan keyin foydalanish tavsiya etildi. Faqatgina sho‘r suv bilan to‘ldirilgan implantatlar kosmetik vositalardan foydalanishga ruxsat berilgan.
Respublika bosh mammologi, professor Lola Alimxo‘jayeva bilan eksklyuziv suhbat quyidagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi