“Kuchli yomg‘ir yog‘adi”. O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 10–13 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish e’lon qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir (shimolda qorga aylanadi) yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, 10 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing