Kuchli shamol va chang-to‘zon. Ichki ishlar haydovchilarga murojaat qildi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
8481O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamol va chang-to‘zon bo‘lishi holati kuzatilmoqda. Joriy vaziyat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan quyidagilarni so‘radi:
- texnik nosozliklar ayniqsa, rul boshqaruvi va tormoz tizimida nosozliklari bo‘lgan transport vositalaridan foydalanmasliklarini;
- isitish tizimi nosoz bo‘lgan, avtotransport oynalari terlab sun’iy pardani hosil qilib, ko‘rinishni cheklaydigan transport vositalaridan foydalanmasliklarini;
- haydovchilar oraliq masofani xavfsizlik darajasida ushlashlarini;
- belgilangan tezlik talablariga aniq rioya qilishlarini;
- transport vositasini spirtli ichimlikdan mast bo‘lgan holda boshqarmasliklarini;
- transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz joylarda qoldirmasliklarini.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 noyabr kuni Sirdaryo viloyati, so‘ngra poytaxt Toshkent shahrida qum bo‘roni ko‘tarildi.
LiveBarchasi