Kuchli shamol O‘zbekistonning uch viloyatida tomlarni vayron qildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni O‘zbekistonda kuchli shamol bo‘lishi oqibatida ayrim viloyatlardagi binolarning tom qismi ko‘chib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Vazirlikka ko‘ra, soat 05:30 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Vatanparvar” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning taxminan 120 m.kv, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan Stomatologiya binosining 100 m.kv, “Do‘stlik” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 250-300 m.kv tom qismi shamol sabab uchib ketgan.

Shuningdek, soat 08:10 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar A.Do‘snazarov ko‘chasida joylashgan uyning 350 m.kv tom qoplamasi shamolga dosh berolmay, yerga tushgan.

Kuchli shamol bilan bog‘liq holat Qashqadaryo viloyatida ham kuzatilgan. Viloyat markazi Qarshi shahrining 8-mitti tuman A.Navoiy ko‘chasida joylashgan uyning 100 m.kv maydonidagi tom qismi shamolda ko‘chib ketgan.

Voqea joyiga FVVning hududiy boshqarmalari rahbaryati va qutqaruv bo‘linmalari jalb etilib, kuchli shamol talafotlarini bartaraf etish ishlari olib borilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

shamol

Baholaganlar

810

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing