Kuchli qaytish: Tramp ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy platformasi bilan qaytmoqchi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda "shaxsiy platformasi" bilan ijtimoiy tarmoqlarga qaytadi. Bu haqda uning maslahatchisi Jeyson Miller ma’lum qilgan.  

Millerning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ikki-uch oy ichida ijtimoiy tarmoqlarga qaytadi. 

Ta’kidlanishicha, sobiq Prezident "o‘yinni butunlay o‘zgartirib yuboradigan" va "o‘n millionlab" foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qiladigan platformasi bilan ijtimoiy tarmoqlarga qaytish niyatida. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari Amerika Kongressi binosiga bostirib kirgandan so‘ng, bir qator ijtimoiy tarmoqlar uning akkauntlarini bloklab qo‘ydi. 

Trampning asosiy foydalanadigan platformasi bo‘lgan Twitter esa uning sahifasini butun umrga blokladi. 

Ijtimoiy tarmoqda ushbu qaror siyosatchi zo‘ravonlik to‘lqinini qo‘zg‘atishi mumkinligi bilan izohlandi. 

Trampning o‘zi esa Twitter zerikarli bo‘lib qolganini va boshqa unga qaytishni istamasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp platforma

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing