Kuchli chang bo‘roni tufayli Buxoro aeroporti faoliyati cheklandi
Jamiyat
−
09 yanvar
5129Buxoro aeroporti faoliyati 9 yanvar kuni kuzatilgan chang bo‘roni sabab cheklandi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yo‘nalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang bo‘roni tufayli belgilangan aeroportga qo‘na olmagan.
Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘l oldi.
Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Navoiy aeroportiga qo‘ndi.
LiveBarchasi