Kuchli bo‘lib qaytaman – Xolmatov

Sport

−

image

Yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov WBA kamari uchun ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy bergandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar. Meni qo‘llab-quvvatlagan insonlarga katta rahmat. Hali hammasi oldinda. Qachondir, baribir yurtimizga kamarlarni olib boraman”, deydi Xolmatov.

Qayd etish joiz, 25 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Fordga qarshi chempionlik jangi yakunlanishiga 7 soniya qolganida texnik nokautga uchradi. 11 raund yakuniga ko‘ra esa Xolmatov 106:103, 104:105 va 106:103 hisobida g‘alaba qozonayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xolmatov Fordga qarshi jangni jarohat bilan boshlagani xabar qilingandi.

O‘zbekistonlik bokschining tizzasida muammo kuzatilgan.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing