Ko‘chki oqibatida Norvegiyadagi butun bir qishloq dengizga g‘arq bo‘ldi (video)

Olam

Bugun, 3 iyun kuni Ko‘chki natijasida darhol Norvegiya shimolidagi Krakneset qirg‘og‘ida ko‘chki yuz berdi. Oqibatda hududda joylashgan sakkizta turar-joy binosi dengizga g‘arq bo‘ldi

The Local” portalning xabar berishicha, dengiz bo‘yidagi 600 metrdan oshiq ko‘chki binolarni yuvib yuborgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘chki qishloqqa yaqinlashganda, odamlar u yerni tark etib ulgurishgandi. Vertolyot yordamida uning ba’zi aholisi evakuatsiya qilindi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Norvegiya tabiatida odatda bunday ko‘chkilar kamdan kam hollarda uchrab turadi. Asosan, yoz oylarida. Biroq iqlimning isishi mamlakatdagi ayrim hududlarda namgarchilikning oshishiga sabab bo‘ldi va bu, o‘z navbatida, ko‘chki va toshqinlarni keltirib chiqarmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing