Ko‘chki xavfi sabab Jizzaxdagi muhim yo‘l yopildi
Jamiyat
−
14 mart 2022 9574 1 daqiqa
Jizzax shahrini G‘allaorol tumani bilan bog‘lovchi “Uchtepa-Jizzax-G‘allaorol” avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 14 mart kuni soat 11:00 dan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi “Uchtepa-Jizzax-G‘allaorol” 4R-38 yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Bunga sabab, mazkur avtomobil yo‘lida (43-44 kilometrida) kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ko‘chki xavfi yuzaga kelgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda geologik xavfni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr