Ko‘chalarda haroratni pasaytirish imkoni yaratiladi
Olam
−
08 avgust 2019
50152020 yil oxiriga qadar Parijda 30 gektar maydonda yangi yashil maydonlar yaratiladi va 20 ming yangi daraxt ekiladi.
Bu haqda “Eurointegration” xabar bermoqda.
Mazkur "Yashil" strategiya haqida gapirgan Parij meri Ann Xidalgoning so‘zlariga ko‘ra, 72 million yevro qiymatidagi loyihaga muvofiq Eyfel minorasi yonida yangi istirohat bog‘ ham barpo etadi.
Hozirda foydalanilmaydigan temir yo‘l liniyasida Nyu-Yorkdagi “Xay-Layn” bog‘iga o‘xshash yashil kamar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu strategiyani amalga oshirish Parijga "yashil rangga" o‘tishga va shahar ko‘chalarida haroratni pasaytirishga imkon beradi.
Ayni paytda Fransiya Yevropada o‘rmonlar maydoni bo‘yicha Shvetsiya, Finlyandiya va Ispaniyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. 1990 yildan beri Fransiyaning umumiy o‘rmon maydoni qariyb 7 foizga o‘sdi.
LiveBarchasi