Ko‘chaga quvilayotgan tadbirkorlar muammosiga mas’ul munosabat bildirdi

Tahlil

image

Yodingizda bo‘lsa, QALAMPIR.UZ saytida “Va’dalarga ishonib, oqibatda ko‘chaga quvilayotgan tadbirkor qonunlar ishlashini kimdan talab qilsin?” nomli maqola e’lon qilingandi. Unda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “ALL SOLAR” xususiy korxonasi direktori Muzaffar Tilavov va “Asra prom textile” MCHJ direktori, turkiyalik investor Albayrak Ramazonning murojaat atroflicha o‘rganib chiqilgan.  Murojaatda ular faoliyat yuritib kelayotgan bino noqonuniy tarzda ayrim mutasaddilar tomonidan tortib olinayotgani bayon qilingandi.

Maqolada shuningdek, Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazining Yakkasaroy tumani bo‘yicha mas’ul xodimi Muhiddin Meliqulov jurnalistlarga bergan intervyusida, o‘rtada tuzilgan 10 yillik shartnomalar qonuniy ekani, yuridik kuchidaligi, u bekor qilinmagani va bekor qilish bo‘yicha yuqori tashkilotlardan topshiriq kelmaganini bildirgandi. Ammo davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga va Yakkasaroy kichik sanoat zonasiga binoning berilishini tezlashtirish va bu borada qanday yordam zarur bo‘lsa, tashkilot tomonidan yordam qo‘li uzatilishi taklif qilingan xat chiqarilgani aytilgandi. Holat yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi huzuridagi “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi QALAMPIR.UZ’ga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat mulklari, balansda saqlovchilar tasarrufidagi bino va inshootlarning ijaraga berilishi “Ijara markazi” orqali uch tomonlama shartnoma asosida rasmiylashtiriladi.

“Mazkur qarorga muvofiq 2017 yil 3 martda ijaraga beruvchi “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi, balansda saqlovchi “Yakkasaroy kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasi va ijaraga oluvchi “All Solar” xususiy korxonasi o‘rtasida 3251/11-17-sonli uch tomonlama ijara shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli ko‘chasi, 53b-uy manzilidagi 2300 kv.m maydon “Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari” faoliyati uchun 15.02.2017 yildan 31.12.2026 yil muddatga qadar ijaraga oluvchi “All Solar” xususiy korxonasiga ijaraga berilgan.

Agentlik hozirgi kunga qadar xususiy korxona tomonidan barcha to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lab kelinayotgani va uch tomonlama ijara shartnomasi bekor qilinmaganligini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy munosabatda. 

Bordiyu agentlik qayd etganidek hammasi o‘z o‘rnida bo‘lsa, nimaga bu tushuntirishlar tadbirkorga bayon qilinmayapti. Mas’ullar nima uchun tadbirkor bilan uchrashib, uning emin-erkin faoliyati davom ettirishiga mas’ul bo‘lolmapti. Nega ular muammoga duch kelganda yana OAV eshigini qoqyapti? 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing